platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Eron va Isroil oʻrtasidagi toʻqnashuvlarga toʻxtaldi

Eronga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar butun mintaqani urush girdobiga tortish, keng miqyosdagi ekologik halokat oʻchogʻining vujudga kelish xavfini tugʻdirgan. 

Shavkat Mirziyoyev Eron va Isroil oʻrtasidagi toʻqnashuvlarga toʻxtaldi

Shavkat Mirziyoyev Eron, Falastin vva Isroil mojarosi haqida toʻxtaldi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq soʻzladi.

Prezidentning aytishicha, xalqaro huquq va global xavfsizlik institutlarining tanazzuli muloqot va hamkorlikni yanada zaiflashtirib, kuch ishlatish va zoʻravonlikka keng yoʻl ochmoqda.

"Xususan, tashkilotimiz aʼzosi boʻlgan Eron Islom Respublikasiga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar butun mintaqani urush girdobiga tortish, keng miqyosdagi ekologik halokat oʻchogʻining vujudga kelish xavfini tugʻdirdi.

Eron va Isroil oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha erishilgan kelishuvni qoʻllab-quvvatlaymiz. Ushbu qarorni mintaqadagi keskinlikni yumshatish, xavfsizlikni tiklash yoʻlidagi muhim qadam sifatida baholaymiz", dedi davlat rahbari.

"Biz Gʻazo sektorida harbiy harakatlarni toʻxtatish, ochlik va gʻayriinsoniy sharoitdan azob chekayotgan aholiga gumanitar yordam koʻrsatishga hech qanday toʻsiq qoʻymaslik, Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq mustaqil Falastin davlatini tashkil etish tarafdorimiz", taʼkidladi Oʻzbekiston prezidenti.

Mirziyoyev mintaqada yangi aviaqatnovlar yoʻnalishlarini ochish, aviakompaniyalar oʻrtasida innovatsion hamkorlik shakllarini yoʻlga qoʻyish, turizm va aviatsiya sohalari oʻrtasida marketing boʻyicha integratsiyalashgan strategiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri ekanini taʼkidladi.

Ushbu masalalarni muhokama qilish maqsadida Milliy aviakompaniyalar forumini Samarqandda tashkil etishni taklif etildi.

Tashkilot doirasida choʻl hududlarida oʻrmonlar tashkil qilish, rekreatsiya zonalarini barpo etish boʻyicha Transchegaraviy “yashil dasturi”ni ishlab chiqishni taklif qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid