platina.uz
Jahon

Rossiya dunyoda birinchi boʻlib "Tolibon" hokimiyatini tan oldi

Bu haqda Putinning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov maʼlum qildi. 

Rossiya dunyoda birinchi boʻlib "Tolibon" hokimiyatini tan oldi

Rossiya dunyoda birinchi boʻlib "Tolibon" hokimiyatini tan oldi.

Rossiya Afgʻoniston Islom Amirligini rasman tan oldi, deya maʼlum qildi mamlakat prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulov.

3 iyul kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko Afgʻonistonning Rossiyadagi yangi elchisi Gul Hasanning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Afgʻoniston elchisi 1 iyul kuni Moskvaga yetib keldi. Ertasi kuni u oʻz vazifasini bajarishga kirishdi. U 2021 yilda Tolibon hokimiyatga kelganidan beri Afgʻonistonning Rossiyadagi birinchi elchisi boʻldi.

Rossiya aprel oyida Afgʻonistondagi missiyasini elchixona darajasiga koʻtardi.

Yangilanish Tolibon Rossiyada taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarilganidan koʻp oʻtmay amalga oshirildi.

Eslatib oʻtamiz, 2021 yil qudratga kelgan "Tolibon"ni Oʻzbekiston ham hozircha tan olgani yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid