Profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs ushlandi
U qoʻlga olish jarayonida oʻziga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga olib borilgan.

Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
2025 yil 1 iyul kuni Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani “Yuksalish” mahallasida hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abduvaliyev Abdurasul Qaxarovich xizmat burchini bajarish chogʻida ogʻir tan jarohati olishi natijasida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Gumonlanuvchi Yu.Xolbozorov joriy yilning 4 iyul kuni soat taxminan 06:30 larda Xoʻjaobod tumanida joylashgan “Yuksalish” mahallasi “Soʻqoloq“ qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotganligi aniqlangan, qoʻlga olish jarayonida u oʻzining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, profilaktika inspektori bir necha kun avval pichoqlangan, gumordor qochishga muvaffaq boʻlgandi.