platina.uz
Jamiyat

Ohangaron shahar hokimligining mansabdori qoʻlga olindi

U hokimiyat balansiga oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan xonadonni fuqaroga berishini aytib, undan pul talab qilgan. 

Ohangaron shahar hokimligining mansabdori qoʻlga olindi

Ohangaron shahar hokimligining mansabdor xodimi qoʻlga olindi.

Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, 1958 y.t. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan.

U hozirda hokimiyat balansiga oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni maʼlum qiladi.

Qoʻshtirnoq ichida xolis yordam bermoqchi boʻlgan mazkur mansabdor shaxs uyning narxini 15000 AQSh dollariga kelishib hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3500 AQSh dollari berishini aytib, jami 18500 AQSh dollari talab qiladi.

Ammo, u oldindan 9500 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va IJQKD hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Avvalroq Xorazmda qoʻlga olingan sudya ishi tafsilotlari eʼlon qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid