platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Mulla Abdul Gʻani Barodarni qabul qildi

Uchrashuv Xonkendi shahrida, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida boʻlib oʻtgan. 

Shavkat Mirziyoyev Mulla Abdul Gʻani Barodarni qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xonkendi shahridagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Afgʻoniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul Gʻani Barodarni qabul qildi.

Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika sohalaridagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlash hajmi va qoʻshma korxonalar soni barqaror ortib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Amaliy aloqalar faollashdi. Joriy yilning may oyida Kobul va Mozori Sharif shaharlarida Oʻzbekiston savdo uylari ochildi. Iyun oyida Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.

Oʻzbekiston yetakchisi chegaraoldi savdo va tegishli infratuzilmani yanada rivojlantirish, qazib chiqarish, toʻqimachilik va farmatsevtika tarmoqlarida, qurilish materiallari tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligini taʼkidladi.

Strategik muhim mintaqaviy loyiha - Transafgʻon temir yoʻlini qurish loyihasini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid