platina.uz
Sport

"Liverpul" va Portugaliya termasi hujumchisi avtohalokat qurboni boʻldi

Diogu Jota bu yil Angliya chempioni boʻlgandi, terma jamoa bilan esa Millatlar Ligasida gʻolib chiqqandi. 

"Liverpul" va Portugaliya termasi hujumchisi avtohalokat qurboni boʻldi

"Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogu Jota 28 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Marca.

Jota Ispaniyaning Samora provinsiyasida avtohalokatga uchradi.

Maʼlumotlarga koʻra, YTH Palasios-de-Sanabriya munitsipaliteti hududida sodir boʻlgan. Futbolchi 26 yoshli ukasi Andre bilan birga boʻlgan mashina yoʻldan uchib chiqib ketgan va yonib ketgan.

22 iyun kuni Jota oila qurgandi.

"Liverpul" tarkibida portugaliyalik futbolchi Angliya chempioni boʻldi, mamlakat kubogi va Angliya liga kubogini (ikki marta) qoʻlga kiritdi.

Diogu 2020 yildan beri "qizillar" safida toʻp suradi. Ilgari u "Vulverxempton", "Atletiko", "Portu" va "Pasos de Ferreyra" klublari sharafini himoya qilgan. Portugaliya terma jamoasi bilan birgalikda Jota ikki marta UYeFA Millatlar ligasida gʻolib chiqdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid