platina.uz
Jahon

Indoneziyada parom choʻkib ketdi: oʻnlab odamlar bedarak ketdi, qurbonlar bor

Hodisa mashhur kurort joy sanalgan Bali oroli yaqinida sodir boʻldi. 

Indoneziyada parom choʻkib ketdi: oʻnlab odamlar bedarak ketdi, qurbonlar bor

Indoneziyaning Bali oroli yaqinida parom choʻkib ketdi, oʻnlab odamlar bedarak yoʻqoldi.

Orol yaqinida yoʻlovchi paromining choʻkib ketishi oqibatida kamida 60 kishi bedarak yoʻqolgan, deya xabar beradi mahalliy hukumat.

Xabar qilinishicha, hodisa parom Yava orolidan joʻnab ketganidan taxminan 25 daqiqa oʻtib sodir boʻlgan.

Paromda 53 yoʻlovchi va 12 ekipaj aʼzosi boʻlgan, deb xabar bermoqda AFP qidiruv-qutqaruv xizmatlariga tayanib.

Parom operatorining mahalliy OAVga aytishicha, kema choʻkib ketishidan biroz oldin dvigatelda muammolarga duch kelgan.

Banyuvangi politsiyasi boshligʻi Rama Samtama Putraning AFP'ga aytishicha, hodisa oqibatida toʻrt kishi halok boʻlgan, 23 kishi qutqarilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid