"Anorbank" aksioneri Parijda oʻgʻirlab ketildi – OAV
Qahramonjon Olimov Parijga biznes hamkorlari bilan uchrashgani borgani aytilmoqda.

Fransiyada "Anorbank"ning yagona aksioneri Qahramon Olimov oʻgʻirlab ketildi va tovon puli evaziga qoʻyib yuborildi. Bu haqda Le Monde xabar bermoqda.
Olimov Parijga biznes hamkorlari bilan uchrashgani borgan. U yerda esa kutilmagan tarzda oʻgʻirlab ketilgan.
Kahramonjon Olimov 48 yoshda boʻlib, Fransiya poytaxtida ikki kundan ortiq vaqt davomida nomaʼlum joyda saqlangan.
Shundan soʻng uni ozod qilish uchun pul soʻrashgan va undan keyin qoʻyib yuborishgan. Hozirda bir kishi "tashkilotchilikda qatnashgan holda garovga olish" aybi bilan hibsga olingan .
25 iyun kuni Olimov Parijdagi Xotel‑Diyeu shifoxonasida shifokor koʻrigidan oʻtkazilgan. Uning tanasida koʻplab koʻkarishlar va jarohatlar aniqlangan. Shu bilan birga, u uyqusidan shikoyat qilgan.
Uning shaxsiy kotibi taʼrificha, bu hodisa “u uchun juda yoqimsiz boʻlgan”, ammo sogʻlom qaytishga muvaffaq boʻlgan. U Parijning markaziy, obroʻli hududida garovga olinib, keyin esa Nitssa yaqinidagi villalardan birining yer osti qismiga olib borilgan. U yerda jismoniy zoʻravonlik, tahdidlarni boshdan kechirdi, deyiladi xabarda.
Kahramonjon Olimov "Anorbank"ning yagona aksioneri hisoblanadi — bu bank 1 milliard yevrodan ortiq aktivlarni boshqaradi va u Oʻzbekiston banklari ichida "eng yaxshi 10 talikka kiradi" deb hisoblab kelinadi .
Shuningdek, u Niderlandiyaga roʻyxatdan olingan kompaniya orqali Oʻzbekistonda, Surxondaryo viloyatida, EDF bilan hamkorlikda gaz yoqilgʻili kombinatsiyalangan markaz qurish loyihasiga ham aloqador.