platina.uz
Jamiyat

Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi ushlandi

U fuqaroga jinoyat ishi boʻyicha yordam berish evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini qaytarayotgan boʻlgan. 

Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi ushlandi

Xorazmda sudya qoʻlga olindi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.

Bugun Oliy sud tashabbusi bilan huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda jinoyat ishlari boʻyicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi M. S. fuqaro O. R.ga oid jinoyat ishi boʻyicha yordam berish evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini arizachining talabi bilan qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

"Oliy sud keng jamoatchilik eʼtiborini sud organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilayotganiga qaratib, sud tizimini nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur saʼy-harakatlar amalga oshirilayotganligini maʼlum qiladi", deyiladi xabarda.

Avvalroq Denov tumani sudi sobiq raisi besh yilga qamalgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid