Tramp: Isroil Gʻazoda ikki oylik otashkesimga rozi boʻldi
Qatar va Misr HAMAS vakillariga yakuniy taklifni yetkazadi.

AQSh prezidenti Donald Trampga koʻra, Isroil Gʻazoda 60 kunlik otashkesim shartlariga rozi boʻldi.
Tramp Isroil tomoni Vashington vakillari bilan uchrashuvda Gʻazo sektorida ikki oylik oʻt ochishni toʻxtatish uchun zarur boʻlgan shartlarga rozi boʻlganini aytdi.
"Bugun mening vakillarim isroilliklar bilan Gʻazo masalasi boʻyicha uzoq va samarali uchrashuv oʻtkazdi. Isroil 60 kunlik oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha zarur shartlarga rozi boʻldi, bu muddat davomida biz barcha tomonlar bilan urushni tugatish uchun ishlaymiz", - deb yozdi u oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.
Amerika rahbarining soʻzlariga koʻra, “tinchlik oʻrnatish uchun juda koʻp mehnat qilgan” Qatar va Misr XAMAS vakillariga yakuniy taklifni yetkazadi.
“Umid qilamanki, Yaqin Sharq farovonligi uchun XAMAS bu kelishuvni qabul qiladi, chunki vaziyat yaxshilanmaydi, balki yomonlashadi”, — deya qoʻshimcha qildi Tramp.
Amerika matbuoti avvalroq Isroil strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer Oq uy rasmiylari bilan Gʻazo sektori va Erondagi vaziyatni, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning AQShGA tashrifini muhokama qilish uchun Vashingtonga kelgani haqida xabar bergan.