platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida toʻqqiz hujjat imzolandi

Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlari oʻrnatiladi. 

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida toʻqqiz hujjat imzolandi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Boku shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishi qarorini qabul qildilar.

Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:

- Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani 2025-2029 yillarda amalga oshirish boʻyicha "yoʻl xaritasi";

- Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

- Fan, kasb-hunar va oliy taʼlim sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

- 2025-2026 yillarga moʻljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;

- 2030 yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;

- 2025-2027 yillarda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;

- 2025-2027 yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;

- Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi kelishuvlar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid