Hukumat huzuridagi inspeksiya rahbari almashdi
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi ishdan ketdi.

Ilhom Nimatullayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi lavozimidan ozod etildi.
Uning oʻrniga Xurshidjon Eshqoʻziyev vaqtincha vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bugun u jamoaga tanishtirildi.
Eoʻqoʻziyev tayinlovgacha inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlayotgan edi.