platina.uz
Jamiyat

Andijonda fuqaro profilaktika inspektorini pichoqladi

Oqibatda xodim vafot etgan. Gumondor esa voqea joyidan yashirinishga muvaffaq boʻlgan. 

Andijonda fuqaro profilaktika inspektorini pichoqladi

Andijonda ichki ishlar xodimi fuqaro tomonidan pichoqlandi va vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 1 iyul kuni soat 20:50larda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani “Yuksalish” mahallasidagi xonadonda janjal boʻlayotganligi haqida 102 qisqa raqamiga xabar kelib tushgan.

Xabar boʻyicha hudud profilaktika inspektori katta leytenant A.Abduvaliyev, mahalla raisi A.Mamataliyev bilan birga voqea joyiga yetib borishgan.

Aniqlanishicha, 1960 y.t. fuqaro Xolbozorov Yunusali Tumarovich mast holda oʻz oila aʼzolariga xoʻjalik pichogʻi bilan tahdid solayotgan boʻlgan. Hujumchini zararsizlantirish jarayonida Yu. Xolbozorov qoʻlidagi pichoq bilan katta leytenant A. Abduvaliyevning koʻkrak qismiga zarba berib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.

Olgan jarohati natijasida koʻrsatilgan yordamga qaramasdan A.Abduvaliyev shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda gumondor Yu. Xolbozorov voqea joyidan yashiringan, uni aniqlash va qoʻlga olish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

"Ushbu shaxs haqida biron-bir maʼlumotga ega boʻlsangiz zudlik bilan yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz soʻraladi. Maʼlumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq IIV avtomobil savdosi boʻyicha 9 kishi ushlangani haqida xabar bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid