Abdugʻani Gʻiyosov Yakkabogʻ tumani hokimi etib tayinlandi
U avval agrofirma taʼsischisi lavozimida ishlab kelgan.

Yakkabogʻ tumaniga hokim tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Yakkabogʻ tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Gʻiyosov Abdinabi Kamolovichni Yakkabogʻ tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Abdinabi Gʻiyosov - 1963 yil Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. U Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. "Shuhrat" medali sohibi.
Tayinlovga qadar u "Kumush kuz fayzi" masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma taʼsischisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avval Yakkabogʻ tumanini Lutfiddin Abdullayev boshqargan.