platina.uz
Jamiyat

3 million dollar kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

U buning evaziga kreditning 33 foizini, yaʼni 990 ming AQSh dollari talab qilgan. 

3 million dollar kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

3 mln AQSh dollari miqdorida kredit olib bermoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi.

Toshkent shahrida savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi MChJ rahbari, 1979 y.t. muqaddam sudlangan ayol Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirgan. U mansabdor tanishlari orqali aksiyadorlik tijorat banklardan biridan 3 mln. AQSh dollari miqdorida maqsadsiz kredit olib berishni vaʼda qiladi va evaziga kreditning 33 foizini, yaʼni 990 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 150 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaroga goʻyoki oʻzini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga kredit mablagʻini ajratib berishni vaʼda qilgan mazkur noqonuniy kelishuvning bosh tashkilotchisi – Urganch shahrida yashovchi, 1983 y.t. shaxs ham protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xorazmda FVVning ikki xodimi ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid