platina.uz
Jahon

Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Ammo sobiq prezident Bashar Asadga qarshi cheklovlar oʻz kuchida qolgan.  

Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi, ammo Bashar Asadga nisbatan sanksiyalarni oʻzi kuchida qoldirdi.

AQSh yetakchisi Tramp AQShning Suriyaga qarshi 2004 yildan beri amal qilib kelayotgan sanksiyalarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

“Donald Tramp Suriyaning tinchlik va barqarorlikka intilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida unga qarshi sanksiyalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi tarixiy farmonni imzoladi”, — deya xabar berdi AQSh prezidenti maʼmuriyati.

Boshqa narsalar qatorida, Trampning farmoni baʼzi tovarlar boʻyicha eksport nazoratini zaiflashtiradi va mamlakatga xorijiy yordam boʻyicha cheklovlarni bekor qiladi.

AQSh Suriya hukumatini Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga va xorijiy terrorchilarga qarshi samarali kurash olib borishga chaqirdi.

Moskvaga qochgan Bashar Asad va uning tarafdorlariga qarshi sanksiyalar kuchda qolmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Tramp Saudiya Arabistonida Suriyaning muvaqqat rahbari Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashgan va sanksiyalarni bekor qilishini aytgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid