platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 2-4 iyul kunlari Ozarbayjonga boradi

Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar boʻlib oʻtadi.

Shavkat Mirziyoyev 2-4 iyul kunlari Ozarbayjonga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 2-4 iyul kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 2-3 iyul kunlari Boku shahrida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishi va boshqa oliy darajadagi tadbirlar boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Prezidenti 4 iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid