Markaziy bank kredit tashkilotlariga murojaat qildi
Ijtimoiy nafaqalardan kredit toʻloviga pullarni egasining roziligisiz yechish insofsiz amaliyot deya baholanadi.

Markaziy bank kredit tashkilotlariga mmurojaat yoʻlladi.
Unga koʻra aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand qatlami qonun bilan himoyalanadi.
Markaziy bank tomonidan isteʼmolchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek moliyaviy xizmatlar bozorida adolatlilikni taʼminlash maqsadida kredit tashkilotlari faoliyatida kuzatilayotgan insofsiz amaliyotlar boʻyicha yana bir misol kredit tashkilotlariga yuborildi.
Unga koʻra, Markaziy bank fuqarolarga davlat tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy nafaqalarni kredit boʻyicha qarzdorlikni soʻndirish maqsadida egalarining roziligisiz ularning bank kartalaridan yechib olinishini adolat tamoyillariga zid ekanligini qayd etadi. Bu insofsiz amaliyot sifatida baholaydi.
Shu sababli, Markaziy bank kredit tashkilotlarini isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarda adolatli boʻlishga va bunday insofsiz amaliyotlarni toʻxtatishga chaqirgan.
Bunday holat aniqlanganda kredit tashkilotlari undiruvni toʻxtatish va pulni qaytarish chorasini koʻrishi lozim.