platina.uz
Jamiyat

Haj mavsumida 8 oʻzbekistonlik vafot etdi

Ulardan toʻrt nafari ziyoratga noqonuniy yoʻllar bilan borgan. 

Haj mavsumida 8 oʻzbekistonlik vafot etdi

2025 yilgi Haj ziyoratida 8 oʻzbekistonlik vafot etdi.

Bu yilgi Haj ibodati paytida kuzatilgan jazirama natijasida va surunkali kasalligi boʻlgan toʻrt nafar vatandosh Saudiya Arabistonida vafot etdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining ogohlantirishlariga qaramay bu yilgi Haj mavsumiga noqonuniy yoʻllar bilan borgan yana toʻrt nafar oʻzbekistonlik ham ushbu mamlakatda olamdan oʻtdi.

Bundan tashqari, Haj ibodati tugaganidan soʻng Bosh konsulxonaga 40 nafardan ziyod ziyoratchilar xorijga chiqish pasportlarini yoʻqotgani bois Oʻzbekistonga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilgan.

Joriy yildagi Haj mavsumiga oʻzbekistonlik hojilarning Saudiya Arabistoniga kelishlari 13 maydan boshlanib, 30 mayga qadar davom etdi.

Shuningdek, Haj ibodatlari tugaganidan soʻng hojilarning Oʻzbekistonga qaytib ketishi 12 iyundan boshlandi. Soʻnggi hojilar 29 iyun kuni havo qatnovlari orqali Vatanga qaytishdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid