Bokuda Rossiya FXX xodimlari qoʻlga olindi
Ular "Sputnik Ozarbayjon" jurnalistlari sifatida ishlab kelgani aytilmoqda.

Ozarbayjon tomoni Bokuda Rossiya FXXsining ikki xodimi ushlanganini aytdi.
"Sputnik Ozarbayjon" agentligi ( “Rossiya segodnya”ning Boku boʻlimi) idorasida politsiya tomonidan oʻtkazilgan operatsiya davomida qoʻlga olinganlar bor.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning ushbu agentlikda ishlagan ikki nafar xodimi qoʻlga olingan.
30 iyundan boshlab Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi "Sputnik Ozarbayjon" agentligining Bokudagi ofisida operatsiya oʻtkazmoqda.
Shu yilning fevral oyida “Rossiya segodnya” boʻlimi sifatida faoliyat yurituvchi “Sputnik-Ozarbayjon” agentligi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.
Ushbu qaror Ozarbayjon davlat ommaviy axborot vositalarining xorijdagi va mamlakatdagi xorijiy jurnalistlar faoliyatida tenglikni taʼminlashga qaratilgan edi.
Boshqacha aytganda, Bokuda ishlayotgan "Sputnik-Ozarbayjon" jurnalistlarining soni Rossiyadagi AZERTAK jurnalistlari soniga teng boʻlishi kerak edi. Biroq "Sputnik Ozarbayjon" tahririyati bu qarorga amal qilmadi. Oʻtgan davr mobaynida tahririyat va xodimlar oʻz faoliyatini toʻxtatmadi.
Eslatib oʻtamiz, Yekaterinburgda ozarbayjonliklarning qoʻlga olinishida ikki kishi halok boʻldi. Shundan soʻng Ozarbayjon Rossiyaning madaniy tadbirlarini bekor qildi.
Kreml esa bu qarordan afsusda ekanini bildirdi.