Rossiya Ozarbayjonning qarorlariga munosabat bildirdi
Yekaterinburgdagi reydlarda ozarbayjonliklarning qoʻlga olinishi va oʻlimidan keyin rasmiy Boku qator tadbirlarni bekor qildi.

Rossiya tomoni Ozarbayjonning choralaridan afsus bildirdi.
Kreml Bokuning mamlakatda Rossiya bilan bogʻliq madaniy tadbirlarni bekor qilish qaroridan afsusda ekanligini bildirdi.
"Huquq-tartibot idoralarining ishi demarshlarga sabab boʻlmasligi kerak", dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
U Yekaterinburgdagi qotillik va suiqasd ishi boʻyicha ozarbayjonliklarning hibsga olinishi va ikki kishining oʻlimiga Bokuning munosabatini shunday izohladi.
Tergov qoʻmitasi bugun ish boʻyicha ikki ayblanuvchi vafot etganini tasdiqladi. Ular hibsda vafot etgan, buni RBK manbasi tasdiqlagan. Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, sudlanuvchilardan biri yurak yetishmovchiligi natijasida vafot etgan.
Ozarbayjon bunga javoban Rossiya madaniy tadbirlarini bekor qildi.
Soʻnggi xabarlarga koʻra, Sputnik Azerbayjan tahririyatida ham tintuv oʻtkazilgan.