platina.uz
Jamiyat

Prezident sunʼiy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini eʼlon qildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi  Massachusets texnologiya institutining sunʼiy intellekt taʼlim dasturi asosida oʻquv dasturlarini yangilaydi. 

Prezident sunʼiy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini eʼlon qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati.

Oʻzbekistonda sunʼiy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

Ayni damda Prezident yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.

Sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha bank-moliya, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va energetikani ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.

Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni oʻzida ifoda etadigan sunʼiy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini eʼlon qildi.

Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni oʻzida uygʻunlashtirib, yoshlarning yangi kreativ gʻoyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning oʻzida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlar sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrganadi.

Hozir maktablarimizda 19 ming 500 nafar informatika oʻqituvchisi bor.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Massachusets texnologiya institutining sunʼiy intellekt taʼlim dasturi asosida oʻquv dasturlarini yangilaydi.

Har bir viloyatdan 100 nafar informatika oʻqituvchisi joriy yilda Yangi Oʻzbekiston universitetida ushbu dasturga oʻqitiladi. Ushbu mentor oʻqituvchilar oʻz hududidagi qolgan informatika oʻqituvchilarini ikki yil davomida kaskad usulida tayyorlaydi.

Bu orqali besh yilda barcha maktab bitiruvchilari sunʼiy intellekt boʻyicha yetarli bilim oladi.

“Raqamli avlod qizlari” tanlovida taʼlim, sunʼiy intellekt, “yashil” iqtisodiyot, iqlim oʻzgarishi kabi sohalarda 7 ming oʻquvchi va talabaning 120 ta startap loyihasi tanlab olindi.

Bu yil kamida 50 ming nafar qizlar “Raqamli avlod qizlari” loyihasi bilan qamrab olinadi.

Startaplarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.

Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. Oʻquvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning gʻoyasini startapga aylantirishga 100 milliard soʻm grant ajratiladi.

Oliygohlar oʻrtasida ham startaplar boʻyicha har yili “Eng yaxshi kreativ gʻoya” tanlovi oʻtkazilib, gʻoliblarga oliygoh jamgʻarmasidan 300 million soʻmgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan oʻtkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar boʻyicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamgʻarmasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” koʻrgazmasi oʻtkazib boriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid