platina.uz
Jamiyat

Polshadan oʻta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindi

U firibgarlik boʻyicha Interpolning qizil xabarnomasi figuranti sifatida hibsga olingan.

Polshadan oʻta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindi

Interpolning Oʻzbekistondagi milliy markaziy byurosi xodimlari firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan jinoyatchini Polshadan ekstraditsiya qildi.

Toshkent va Varshava milliy markaziy byurolarining oʻzaro hamjihatlikdagi hamkorligi tufayli Polshada Interpolning qizil xabarnomasi figuranti sifatida hibsga olingan, u Oʻzbekistonda firibgarlik uchun qidirilayotgan edi.

Olingan maʼlumotlarga koʻra, jinoyatchi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududida yashiringan, shu sababli tezkor-qidiruv tadbirlari davomida u Polsha hududida aniqlangan.

Qoʻlga olingan shaxsning ismi oshkor etilmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid