platina.uz
Jamiyat

Xorazmda favqulodda vaziyatlar tizimining ikki xodimi qoʻlga olindi

Ulardan biri Xorazm viloyati FVBga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1,5 ming dollar talab qilgan. 

Xorazmda favqulodda vaziyatlar tizimining ikki xodimi qoʻlga olindi

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi

Tuproqqalʼa tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi Xazorasp tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan. Buning evaziga 1500 AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 400 AQSh dollari va 1 mln 300 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi ham oʻzganing ishonchiga kirib, ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali unga haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1400 AQSh dollari va 1 mln 300 ming soʻm olganlik holati hujjatlashtirildi.

Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval DXX giyohvand moddalar sotilgan narkodoʻkonni aniqlagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid