Toshkentdan Isroilga reyslar qayta tiklanadi
Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinlik sabab aviaparvozlar toʻxtatilgandi.

Toshkentdan Isroilga reyslar qayta tiklanadi.
Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
2025 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yoʻnalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, 13 iyunda Isroil Eronga huujum uyushtirdi. Eron bunga javoban Isroilga zarbalar berdi.
Havo hududi yopilishi va xavfsizlik sabab Oʻzbekistondan Isroilga reyslar vaqtincha toʻxtatildi.