platina.uz
Jamiyat

Toshkentdagi Oliy sud binosida chiroq oʻchdi

Platina.uz avvalroq bu mavzu haqida yozib, Energetika vaziriligining quruq vaʼdalarini eslatib chiqqandi.

Toshkentdagi Oliy sud binosida chiroq oʻchdi

Toshkent shahrida bugun kunduz kuni chiroq oʻchib qoldi. Bu Oliy sud axborotidan maʼlum boʻldi.

"Oliy sud binosida elektr taʼminoti bilan bogʻliq uzulishlar kuzatilayotganligi munosabati bilan Oliy sudning barcha interaktiv xizmatlari faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan", deyiladi xabarda.

Platina.uz avvalroq "Vaʼdaboz energetiklar" nomli maqola yozib, unda tizimga ajratilayotgan shuncha mablagʻ va subsidiyalar samarasizligini tanqid qilgandi. Vazirlik haligicha munosabat bermadi.

Oliy sud yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan, ammo bu uzilish haqida na vazirlik, na "Hududiy elektr tarmoqlari" sahifasida biror xabar bor.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid