Prezident bir guruh yoshlarni mukofotladi
Taqdirlanganlar orasida shaxmatchi Gulruh Tohirjonova va futbolchi Bobur Abduholiqovlar ham bor.

Oʻzbekiston Prezidenti bir qator yoshlarni mukofotlash boʻyicha farmonlarni imzoladi.
Jumladan, quyidagi yoshlar "Kelajak bunyodkori" mukofoti bilan taqdirlandi:
Abdiganiyeva Nadira Abdinazar qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Ismoilov Jamshidbek Rashid oʻgʻli - Toʻrtkoʻl tumanidagi «Navoiy» mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Ibroximova Rayyona Nodirbek qizi - Andijon shahridagi 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi, Andijon viloyati
Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek oʻgʻli - Andijon shahridagi «Wester Group RJ» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Dehqonova Ruxshona Shuxrat qizi - Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi, Buxoro viloyati
Tuksanov Parviz Abduraximovich - Buxoro shahridagi «Phoenix Academy» oʻquv markazining SAT imtihoni boʻyicha tayyorlovchi-mutaxassisi, Buxoro viloyati
Adilova Farzona Alisher qizi - Jizzax shahri yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi, Jizzax viloyati
Turdiboyev Akbar Ikrom oʻgʻli - Doʻstlik tumanidagi «Wegroww Tech» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Jizzax viloyati
Jalilov Abdikarimbek Abdixalil oʻgʻli - «Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi» masʼuliyati cheklangan jamiyatining loyihalar ofisi guruhi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
Xodiyeva Sitora Shoxabbos qizi - Qarshi davlat texnika universitetining tayanch doktoranti, Qashqadaryo viloyati
Aslonov Abror Burxonovich - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish sexi smena katta ustasi, Navoiy viloyati
Maksyutova Alina Xurshidovna - Navoiy shahridagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi, Navoiy viloyati
Axmadaliyeva Niholaxon Foziljon qizi - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro moliya kafedrasi katta oʻqituvchisi, Namangan viloyati
Mamadaliyev Zaxiriddin Sayfiddin oʻgʻli - Namangan shahridagi «Nightmare Labs» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
Qudratov Shoxrux Odil oʻgʻli - Samarqand shahridagi «Polyglot school» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Salimova Maxbuba Xidirbay qizi - Samarqand davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Samarqand viloyati
Abdualimov Alisher Samandar oʻgʻli - Sirdaryo tumanidagi «Sir uni xizmati» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
Joʻraboyeva Ziyoda Olimjon qizi - Guliston tumanidagi «Ozodbek tuhfasi» fermer xoʻjaligi mexanizatori, Sirdaryo viloyati
Ismatov Shahzod Baxtiyor oʻgʻli - Termiz shahridagi 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
Xakimjonova Sitoraxon Abduqaxor qizi - Sariosiyo tumanidagi «Sitora Profession» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati
Mamatqulov Qahramon Oʻktam oʻgʻli - Bekobod shahridagi «Ibrat xos obod» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Sadikova Feruza Ravshanbek qizi - Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining taekvondo boʻyicha murabbiysi
Maxmudov Saidaxmadxon Saidaxrorxon oʻgʻli - Margʻilon shahridagi «Textile Group and Gold» xususiy korxonasi rahbari, Fargʻona viloyati
Nabiyeva Sabina Sherzod qizi - Amerika Qoʻshma Shtatlarining Arizona universiteti 3-bosqich talabasi, Fargʻona viloyati
Ochilova Maftuna Omonjon qizi - Urganch shahridagi «Nurli hayot» mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati
Yusupov Dilshodbek Ulugʻbekovich - Urganch shahridagi «Diip logistech» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati
Quryozova Shohsanam Ozodboy qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi, Toshkent shahri
Xalikov Sherzod Yakubjanovich - Yashnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent shahri
Abdixolikov Bobir Alisher oʻgʻli - Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Boʻtayeva Gulasal Toshqul qizi - Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi
Gʻoyibova Orzugul Umarovna - «Ibrat farzandlari» nodavlat notijorat tashkiloti eksperti, «TOP-100 Uni» loyihasi rahbari
Isroilova Aziza Ilhom qizi - «EPAM Systems» kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi maʼlumot tahlilchisi, dasturchi
Kambarov Asror Avazovich - «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti «A-320» havo kemasi uchuvchisi
Muxtorov Sardorbek Nuroli oʻgʻli - «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyatining «Oʻzbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti
Sabirov Nariman Ruslanovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endoskopiya boʻlimi shifokor-endoskopisti
Saipova Fotima Dilshod qizi - Velosport boʻyicha Oʻzbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi aʼzosi
Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi aʼzosi.
"Mard oʻgʻlon" mukofoti bilan taqdirlanganlar roʻyxati:
Xojabekov Batirbek Jolmurzayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi harbiy qismi sport guruhi yoʻriqchisi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
Eshniyazov Islam Saparbayevich - Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri sahna ustasi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)
Noʻmonjonov Muhiddin Gʻulomjon oʻgʻli - Andijon davlat tibbiyot institutining biologik kimyo kafedrasi assistenti (Andijon viloyati)
Sattarov Akmaljon Toʻravoy oʻgʻli - Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining damli va zarbli cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishi oʻqituvchisi (Andijon viloyati)
Yoriyev Shoxijahon Oʻtkir oʻgʻli - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)
Rashidov Ulugʻbek Uktamovich - Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 10-sinf oʻquvchisi (Buxoro viloyati)
Mamatkarimov Davron Abdurashid oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismi guruh mutaxassisi (Jizzax viloyati)
Sunnatov Qudratulla Sundorqul oʻgʻli - Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 4-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)
Karimov Davron Kamoliddin oʻgʻli - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining xor jamoasi artisti (Qashqadaryo viloyati)
Muhitdinov Bobur Anvarovich - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus vazifalar boʻyicha respublika qutqaruv markazi yoʻriqchi-qutqaruvchisi (Qashqadaryo viloyati)
Baxtiyorov Faxriyor Akromjon oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati)
Yerejepbayev Quanishbek Tursunovich - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati)
Raximov Fayzullo Xusanboy oʻgʻli - Namangan davlat texnika universitetining doktoranti (Namangan viloyati)
Sotvoldiyev Jamshidbek Farxodjon oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi (Namangan viloyati)
Toshbekov Sanjar Isomiddin oʻgʻli - «Maʼnaviy hayot» jurnali musahhihi (Samarqand viloyati)
Hakimov Feruz Xurshid oʻgʻli - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich magistranti (Samarqand viloyati)
Kleshko Mixail Sergeyevich - Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
Usmonov Azizbek Abdumurod oʻgʻli - Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
Jandreyev Shermuhammad Mamarajab oʻgʻli - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)
Qudratillayev Parvez Kamol oʻgʻli - Oʻzbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)
Aliyev Murodjon Anvar oʻgʻli - Parkent tumanidagi 29-bolalar musiqa va sanʼat maktabining baxshichilik sinfi oʻqituvchisi (Toshkent viloyati)
Egamberdiyev Muhammadibrohim Baqojon oʻgʻli - Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Shermatov Qobiljon Otaqoʻzi oʻgʻli - «Yangi Fargʻona» gazetasi muxbiri (Fargʻona viloyati)
Xudoberdiyev Shavkatjon Nurmat oʻgʻli - Toshkent davlat texnika universitetining tayanch doktoranti (Fargʻona viloyati)
Umirboyev Alibek Javlonbek oʻgʻli - «Yangi Oʻzbekiston» universitetining 1-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)
Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor oʻgʻli - Bogʻot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi (Xorazm viloyati)
Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon oʻgʻli - Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf oʻquvchisi (Toshkent shahri)
Nosirov Jahongir Mansur oʻgʻli - Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, jurnalist (Toshkent shahri).