platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi

26 iyundan boshlab mamlakatga biroz salqin havo oqimlari kirib kelgandi. Lekin bu uzoq davom etmaydi. 

Oʻzbekistonda havo harorati 42 darajagacha koʻtariladi

Oʻzbekistonda 29 iyundan iyul oyi boshlarigacha havo harorati koʻtariladi. Bu haqda "Oʻzgidromet" prognozi eʼlon qilindi.

Shimolda havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat 30 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°; 1 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 36-41°, 2 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 36-41° boʻladi.

Buxoro va Navoiyda havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat 30 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39°, 1 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40°, 2 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 37-42°boʻladi.

Markaziy hududlarda havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30 iyunda 32-37°, 1-2 iyulda 34-39° boʻladi.

Janubda harorat kechasi 22-27°, kunduzi 30 iyunda 36-41°, 1-2 iyulda 37-42° boʻladi.

Fargʻona vodiysida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30 iyunda- 1 iyulda 32-37°, 2 iyulda 34-39° boʻladi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 30 iyunda 25-30°, 1-2 iyulda 27-32° boʻladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid