Putin josuslarining siri: ular Ronaldu videolaridan qanday foydalangan?
Germaniyaning Marburg shahrida yashovchi er-xotin Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin foydasiga ishlashda gumonlangan josuslar Moskvaga kodli xabarlar joʻnatishning noanʼanaviy usulini topgani maʼlum boʻldi.
Ular Youtube'da futbolchi Krishtianu Ronaldu ishtirokidagi videolar ostidagi izohlardan foydalanishdi.
Britaniyaning The Sun nashri nihoyatda murakkab sxemaning hayratlanarli tafsilotlarini oshkor qildi.
Germaniyaning Marburg shahrida yashovchi er-xotin Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan. Andreas va Xaydrun Anshlag Avstriya pasportiga ega boʻlib, ular qalbaki boʻlib chiqdi va oʻzini Janubiy Amerikadan kelgandek koʻrsatdi. Andreas muhandis boʻlib ishlagan, Xaydrun esa uyga qaragan va ota-onasining haqiqiy faoliyatiga shubha qilmagan qizini tarbiyalagan.
23 yil davomida bu juftlik Sovet Ittifoqiga, keyin esa Rossiyaga maxfiy maʼlumotlarni toʻplash va uzatish uchun yiliga 80 ming funt sterling oldi. Ular 1989 yilda Berlin devori qulashidan oldin ham ishlagan, NATO, Yevropa Ittifoqi va BMT toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uzatgan. Buning uchun ular yashirin joylarda qoldirgan "oʻlik pochta qutilari" va USB disklaridan foydalanganlar.
Biroq, internetning rivojlanishi bilan aygʻoqchilar muloqot qilishning yangi usulini topdilar - yutub. Ular @aplenkuh1 (“Alp togʻ sigir 1”) hisobini, Rossiya razvedkasi esa @cristianfootballer akkauntini yaratdilar.
Ular Ronalduning chiqishlari aks etgan videolar ostidagi izohlarda ular yashirin xabarlar almashishgan.
Misol uchun, Anshlag shunday deb yozgan edi: "Bu juda yaxshi video va qoʻshiq ham ajoyib". Rossiya razvedkasi javob berdi: "U shayton kabi yuguradi va oʻynaydi".
Nemis tergovchilari aniqlaganidek, bu iboralar raqamlarga aylantirilgan va xabarlarni ochish uchun ishlatiladigan tinish belgilarini oʻz ichiga olgan. Bu Rossiya oʻnlab yillar davomida ishlatib kelgan josuslar uchun radio uzatmalarining raqamli analogi edi.
2011 yil oktabr oyida nemis razvedka idoralari aygʻoqchilarni fosh qiluvchi operatsiya oʻtkazdi. Hibsga olingan vaqtda Xeydrun uy ofisidagi uzatuvchi orqali kodlangan xabarni olayotgan edi va maxsus kuchlar xonaga bostirib kirganda, u zarbadan stuldan yiqilib tushdi.
2013 yilda sud Andreasni 6,5 yilga, Xeydrunni esa 5,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Biroq 2015 yilda ikkala aygʻoqchi ham qoʻyib yuborilib, Rossiyaga deportatsiya qilingan.