platina.uz
Sport

"Manchester Siti" egalari Oʻzbekiston klubini sotib olishi mumkin

Bundan tashqari ular yana bir oʻzbek futbolchisini "Siti"ga jalb etish niyatida. 

"Manchester Siti" egalari Oʻzbekiston klubini sotib olishi mumkin

Angliyaning "Manchester Siti" futbol klubi egalari Oʻzbekiston klubini sotib olishi mumkin.

Portfelida “Manchester Siti” va yana 12 ta jamoa boʻlgan City Football Group kompaniyasi Oʻzbekistondan klub sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda MOQ rahbari birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov maʼlumot berdi.

Ingliz jamoasi yana bir oʻzbekistonlik futbolchini klubga taklif etish niyatida.

“Manchester Siti” futbol klubiga egalik qiluvchi kompaniya Oʻzbekistondagi futbol klublaridan birini sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Umarovning soʻzlariga koʻra, oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga oʻtishi allaqachon ingliz klubiga mintaqadan millionlab yangi muxlislarning qoʻshimcha eʼtiborini tortgan.

“Husanov borgach, ularning folloverlari 100 millionga koʻpaygan. Oʻzbekistonda 37−38 million xalqimiz boʻlsa, Oʻrta Osiyoning boshqa davlatlari ham shu futbolchimiz sabab „Manchester Siti“ jamoasini muntazam ravishda kuzatib borayotgan muxlislari qatoriga qoʻshilishdi”, — dedi Umarov.

City Football Groupning yana bir oʻzbekistonlik futbolchini taklif qilish va oʻzbek klubini xalqaro guruhga qoʻshish rejalari bor.

“Oʻzbekistondan bir sport klubini, ularning hozirgi guruhida 12 ta sport, futbol jamoasi boʻlsa, 13-komandani, Xudo xohlasa, Oʻzbekistondan olish niyatida yurishibdi”, — dedi u.

Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanov ayni damda Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynamoqda. U ushbu musobaqada qatnashgan ilk oʻzbekistonlik boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid