platina.uz
Jamiyat

Mahalliy kengashlarga qator vakolatlar oʻtkaziladi

Ular davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini belgilashi mumkin boʻladi. 

Mahalliy kengashlarga qator vakolatlar oʻtkaziladi

Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga qator vakolatlar oʻtkaziladi.

Prezident Farmoni bilan “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga koʻra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

- Mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish;

- aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni “mahalla yettiligi” – tuman (shahar) Kengashi –viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytirish

- Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini taʼminlash;

- Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish

- Mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-institutsional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash;

- Mahalliy Kengashlar faoliyatida oʻzaro va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

- Mahalliy Kengashlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasini takomillashtirish.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga quyidagi vakolatlar oʻtkaziladi. Jumladan:

- davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini belgilash;

- dafn etish joylarini saqlash qoidalarini va dafn etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar miqdorini tasdiqlash;

- yoʻllarning ayrim qismlarida harakatlanish tezligini oshirishga yoki kamaytirishga (tegishli yoʻl belgilari oʻrnatib) ruxsat berish.

Byudjet loyihasini ishlab chiqishda mahalliy byudjet xarajatlarining muayyan qismi mahalliy Kengash deputatlarining bevosita tashabbusi asosida shakllantiriladi.

Shuningdek, jamoatchilik asosida mahalliy Kengashlar qoshida Yoshlar guruhlari hamda Maslahat guruhlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, “E-Kengash” elektron platformasi “qulaylik – soddalik – xavfsizlik” tamoyili asosida doimiy takomillashtirib boriladi.

Mahalliy kengashlar qarorlari va loyihalari sunʼiy intellekt aasosida ekspertiza va tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Kengash hujjatlarini xavfsiz elektron platforma (blokcheyn)da saqlash imkoniyati yaratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid