platina.uz
Sport

Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining pley-off oʻyinlari aniq boʻldi

"Manchester Siti" guruhning soʻnggi bahsida "Yuventus"ni yirik hisobda yengdi. Abduqodir Husanov maydonga tushirilmadi. 

Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining pley-off oʻyinlari aniq boʻldi

Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichi oʻyinlari nihoyasiga yetdi.

3-tur doirasidagi "Yuventus" - "Manchester Siti" bahsi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda "shaharliklar" 5:2 hisobida gʻalabaga erishdi va guruhni peshqadam sifatida yakunlab, pley-offga yoʻllanma oldi. Abduqodir Husanov maydonga tushirilmadi.

Madridning "Real"i turning soʻnggi uchrashuvida "Zalsburg"ga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa, Madrid jamoasi 7 ochko bilan guruhda birinchi oʻrinni egalladi.

Guruhning ikkinchi bahsida "Al Hilol" "Pachuka"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda saudiyaliklar 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Shu tariqa Klublar oʻrtasidagi JCh nimchorak finalining barcha juftliklari maʼlum boʻldi:

28 iyun

Palmeyras — Botafogo

Benfika — Chelsi

29 iyun

PSJ — Inter Mayami

Flamengo — Bavariya

30 iyun

Inter — Fluminense

Manchester Siti — Al Hilol

1 iyul

Real — Yuventus

Borussiya D — Monterrey

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid