platina.uz
Jahon

Dunyodagi eng qurgʻoqchil choʻlda qor yogʻdi

Choʻlda qurgʻoqchilik sabab bulutli kunlar deyarli boʻlmaydi. Bu Atakamani rasadxonalarni joylashtirish uchun mos joyga aylantirgan. 

Dunyodagi eng qurgʻoqchil choʻlda qor yogʻdi

Chili shimolidagi Atakama choʻliga qor yogʻdi. Bu haqda ALMA observatoriyasi X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.

"Ajablanarli! Dunyodagi eng qurgʻoqchil boʻlgan Atakama choʻli qor bilan qoplandi!" deyiladi observatoriya bayonotida.

Taʼkidlanishicha, bu hodisa oʻn yil ichida birinchi marta kuzatilmoqda.

Atakamada yogʻingarchilikning oʻrtacha miqdori yiliga 50 mmdan oshmaydi. Mahalliy aholi suv toʻplash uchun "tuman kollektorlari" dan foydalanadi - bu devorlari neylon iplardan yasalgan odam balandligidagi silindrlardir.

Bir kun davomida qurilma tomonidan yigʻilgan kondensat 18 litr hajmga etadi.

Choʻlda qurgʻoqchilik boʻlgani uchun bulutli kunlar deyarli boʻlmaydi. Bu Atakamani rasadxonalarni joylashtirish uchun mos joyga aylantiradi. U erda joylashgan ALMA (Atacama Large Millimeter Array) dunyodagi eng katta va eng qimmat astronomik obʼekt hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid