platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda ichimlik suvi narxi salkam ikki barobarga oshadi

Bir metr kub ichimlik suvi narxi aholi uchun 4500 soʻmga yetadi. 

Sirdaryoda ichimlik suvi narxi salkam ikki barobarga oshadi

Sirdaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi. Bu haqda 2025 yil 26 iyun kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashi qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra, ichimlik suvi narxi aholi uchun 4500 soʻmga yetadi ( 1 metr kub hajm). Byudjet tashkilotlari uchun bu narx 13 ming soʻmni tashkil etadi (amaldagi narx 7 ming). Ulgurji isteʼmolchilar uchun ham shu narx amal qiladi.

Aholi uchun oqova suv xizmatlari narxi 800 soʻmdan 1200 soʻmga koʻtariladi. Ulgurji isteʼmolchilar va byudjet tashkilotlari uchun narx 3350 soʻm etib belgilanadi.

Avtotransport vositalarida suvni tashib berish 1 km uchun 18 913 soʻmni tashkil etadi.

Mazkur qaror eʼlon qilingandan oʻn besh kun oʻtib kuchga kiradi.

Ushbu oyda Buxoroda ham suv narxi oshdi.

Shuningdek, 1 iyuldan "Toshkent viloyati suv taʼminoti" tomonidan aholiga yetkaziladigan ichimlik suvi narxi 1 metr kub uchun 2912 soʻmga yetadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid