Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga direktor tayinlandi
Sevara Shokirova shu vaqtga qadar agentlik direktori oʻrinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga rahbar tayinlandi.
Prezidentning tegishli qarori bilan Shokirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sevara Shokirova 2012-2019 yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi, 2019-2022 yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor oʻrinbosari, 2022-2023 yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
2023-2024 yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshligʻi vazifasida ish olib borgan.
Agentlikka avval Alisher Ubbiyev rahbarlik qilgan.