Futzal boʻyicha Osiyo kubogi saralashiga qurʼa tashlandi
Oʻzbekiston Qirgʻiz Respublikasi, Sharqiy Timor va Falastin termalari bilan bir guruhdan joy oldi.

Fuzal boʻyicha 2026 yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlandi.
Qurʼa natijalariga koʻra, Oʻzbekiston futzal terma jamoasi “F” guruhidan oʻrin oldi. Ushbu guruhda vakillarimiz Qirgʻiz Respublikasi (guruh bosqichi mezboni), Sharqiy Timor va Falastin terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Oʻyinlar jadvali quyidagicha:
20 sentabr
Oʻzbekiston — Falastin
22 sentabr
Sharqiy Timor — Oʻzbekiston
24 sentabr
Oʻzbekiston — Qirgʻiz Respublikasi
