platina.uz
Jamiyat

DXX 2 tonnadan oshiq giyohvand moddalarini yoʻq qildi

Afgʻoniston, Tojikiston va Erondan Oʻzbekiston orqali giyohvand moddalarni olib oʻtishga urinish ham koʻpaygan. Bu borada 141 kgdan oshiq narkotik ushlandi. 

DXX 2 tonnadan oshiq giyohvand moddalarini yoʻq qildi

DXX tomonidan 2 tonna 135 kg giyohvandlik vositalari yoqish yoʻli bilan yoʻq qilindi.

26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan 2 tonna 135 kg 188 gr giyohvandlik vositalari yoqish yoʻli bilan yoʻq qilindi.

Shundan:

99 kg 882 gr geroin,

202 kg 555 gr opiy,

415 kg 124 gr gashish,

395 kg 739 gr marixuana,

613 kg 94 gr kannabis oʻsimligi,

153 kg 15 gr koʻknor boshogʻi va somoni,

57 kg 847 gr mefedron,

29 kg 603 gr a-PVP,

5 kg 750 gr spays,

5 kg 544 gr katinon va boshqalar.

Oʻzbekiston da 2024-2025 yillarda jami 8 ta narkolaboratoriya aniqlanib, tashkilotchilariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi va tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Bugungi kunda "Pregabalin" kuchli taʼsir qiluvchi moddalarini Qirgʻiziston va Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga kontrabanda qilish va sex sharoitida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini tayyorlab, “xufiyona joy”larga qoʻyish orqali tarqatish holatlari kuzatilmoqda.

Afgʻoniston, Tojikiston va Eronda yashovchi narkoishbilarmonlar yirik miqdordagi giyohvand moddalarni Oʻzbekiston hududi orqali xalqaro oʻtkazish punktlaridan turli xildagi mahsulotlar orasiga yashirgan xolda Rossiya va Qozogʻistonga yetkazishga urinish holatlari ham ortib bormoqda. Bu borada 141 kgdan ortiq narkotiklar musodara qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid