Xurshid Alibayev Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari boʻldi
U Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan polkovnik Xurshid Alibayev Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Xurshid Alibayev 1982 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. 2003 yili Oʻzbekiston Milliy universitetini, 2015 yili Rossiya Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.
Avval Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ham ishlagan. U 2023 yilda FVV oʻrinbosari boʻlgandi.
Shuningdek, Sharof Shukurov — Surxondaryo viloyati FVV boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Ilgari u Jizzax viloyati FVV boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari — Shtab boshligʻi edi.