platina.uz
Video

Dipfeyk – haqiqat va soxtalik aro

Shu kungacha Alisher Usmonov, Farrux Zokirov, Sardor Rahimxon, Tanzila Norboyeva kabi mashhurlar dipfeyk nishoni boʻlgan.

Bugun texnologiya hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Sunʼiy intellekt, avtomatlashtirilgan tizimlar va raqamli vositalar tufayli dunyo oʻzgarib bormoqda. Ammo bu taraqqiyotning soyasida yashirin va xavfli bir tahdid tobora kuchaymoqda – bu deepfake, yaʼni inson yuzini sunʼiy intellekt yordamida yolgʻon kontekstda koʻrsatish texnologiyasidir.

Yuzaki qaraganda bu texnologiya quvnoq videolar yaratish yoki texnik tajribalar uchun foydali boʻlib koʻrinishi mumkin. Aslida u koʻplab insonlar hayotiga tahdid solmoqda: mashhurlar shaʼniga dogʻ tushmoqda, moliyaviy firibgarlik kuchaymoqda, jamoatchilik esa chalgʻitilmoqda. Eng yomoni bu tahdid kundan-kunga ortmoqda.

Dipfeyk turlari, qanday ishlashi, shu vaqtgacha qaysi mashhurlarni oʻz nishoniga aylantirgani haqida yuqoridagi videolavhada koʻrish mumkin. Taniqli shaxslar orasida milliarder Alisher Usmonov, xonandalar Farrux Zokirov va Sardor Rahimxon, Senat raisi Tanzila Norboyeva kabilar bor.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid