platina.uz
Iqtisod

Banklarni sanatsiya va tugatish tartibi belgilandi

Qonun banklar, banklar guruhlari va aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Banklarni sanatsiya va tugatish tartibi belgilandi

Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi.

“Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-1070-son, 23.06.2025 y.) qabul qilindi.

Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Quyida sanab oʻtilgan barcha asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilishni boshlash uchun asos deb hisoblanadi:

- bankning toʻlovga qobiliyatsizligi yoki toʻlovga qobiliyatsizlikning yuzaga kelish ehtimoli yuqoriligi;

- banklar tomonidan koʻrilgan choralar, shuningdek Markaziy bank tomonidan qoʻllangan nazorat choralari toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishga qodir boʻlmaganligi yoxud 6 oy ichida buning ehtimoli mavjud emasligi;

- bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi yoki tizimli ahamiyatga molik boʻlmagan bankni majburiy tugatish orqali belgilangan maqsadlarga erishib boʻlmasligi sababli sanatsiya qilish zarurligi.

Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bankning maxsus boshqaruvchisini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.

Sanatsiya qilish vositalari quyidagilardan iborat:

- aktivlar va majburiyatlarni oʻtkazish (sotish);

- oraliq bankni tashkil etish;

- hisobdan chiqarish va (yoki) konvertatsiya qilish.

Avvalroq Oʻzbekistonda eng koʻp foyda koʻrayotgan banklar eʼlon qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid