platina.uz
Jahon

Tramp Eron va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishganini aytdi: soʻnggi yangiliklar

Eron Qatardagi AQSh bazasiga qarata raketalar uchirdi. Oʻnta uchirilgan raketadan toʻqqiztasi urib tushirilgan. Donald Trampning aytishicha, raketa hujumida hech kim jabrlanmagan. 

Tramp Eron va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishganini aytdi: soʻnggi yangiliklar

24 iyunga oʻtar kechasi Yaqin Sharqdagi keskinlik boʻyicha muhim voqealar sodir boʻldi. Jumladan, Eron Qatardagi AQSh bazalariga raketa uchirdi, prezident Tramp Eron va Isroil oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatishni eʼlon qildi.

Tramp Isroil va Eron oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib olganini maʼlum qildi.

"Hammani tabriklayman! Isroil va Eron 12 soat ichida toʻliq va keng qamrovli oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldilar, shundan soʻng urush tugagan deb hisoblanadi”, — deb yozdi u oʻzining Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.

Uning soʻzlariga koʻra, "24 soat ichida dunyo 12 kunlik urushning rasman tugashini kutib oladi".

"Bu urush yillar davomida davom etishi va butun Yaqin Sharqni vayron qilishi mumkin edi, lekin bu sodir boʻlmagan va hech qachon boʻlmaydi", - deya qoʻshimcha qildi Tramp.

Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Tani Eronning AQShning oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga roziligini taʼminladi, deya xabar bermoqda Reuters oʻz manbasiga asoslanib.

Unga koʻra, Eron rasmiylari bilan telefon muloqoti Eron AQShning Qatardagi Al-Udeyd bazasiga bergan zarbalaridan keyin boʻlib oʻtgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar amiriga Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlganini aytdi va Dohadan Tehronni shunga koʻndirishda yordam soʻradi, deya xabar beradi manba.

Axios, shuningdek, sulh Qatar vositachiligida erishilgani haqida xabar beradi.

Bazaga qilingan hujumdan soʻng Eron Oq uyga keyingi hujumlar uyushtirmasligi haqida xabar yubordi, Vashington esa Eronga hujum qilmasligini aytdi va muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi, dedi Axios manbasi.

“Shundan soʻng AQSh va Isroil, shuningdek, Qatar va Eron oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish shartlari va qachon boshlanishini kelishib olish maqsadida muzokaralar davom etdi”, deb yozadi nashr.

24 iyunga oʻtar kechasi Eron Qatardagi AQSh bazasiga qarata raketalar uchirdi. Oʻnta uchirilgan raketadan toʻqqiztasi urib tushirilgan. Donald Trampning aytishicha, raketa hujumida hech kim jabrlanmagan.

Shuningdek, Eron mazkur hujumlardan AQSh va Qatarni ogohlantirgan.

Eslatib oʻtamiz, 22 iyun kuni AQSh samolyotlari Erondagi yadroviy obʼektlarga zarba bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid