platina.uz
Jamiyat

Shakarsiz va yogʻsiz qahva erta oʻlim xavfini kamaytiradi

Olimlar 46 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan tadqiqot natijalari bilan boʻlishdilar. 

Shakarsiz va yogʻsiz qahva erta oʻlim xavfini kamaytiradi

Shakar va yogʻli qoʻshimchalarsiz qahva isteʼmol qilish erta oʻlim xavfini kamaytirishi mumkin.

Taft universiteti olimlari kuniga 1-2 chashka qora qahva har qanday sababdan oʻlim xavfini 14 foizga kamaytirishini aniqladilar.

Natijalar The Journal of Nutrition jurnalida chop etildi.

Tadqiqotda 46 000 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Maʼlum boʻlishicha, qahvaga ozgina shakar (yarim choy qoshiqdan kam) va qaymoq (1 osh qoshiqgacha) qoʻshilsa, ijobiy taʼsir saqlanib qoladi. Ammo ichimlik juda shirin yoki yogʻli boʻlib qolsa, foyda yoʻqoladi.

Kuniga qancha koʻp chashka qahva ichilsa shunchalik samarali boʻladi, lekin faqat uchtagacha ichish maqsadga muvofiq.

Tadqiqot shuningdek, qahva isteʼmoli va saratondan oʻlim xavfining pasayishi oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik aniqlanmagan va kofeinsiz qahvani yaxshi koʻradiganlar umuman ijobiy taʼsir koʻrsatmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid