platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlari oʻrnatildi

Oʻsimliklar karantini va himoyasi, oliy taʼlim, togʻ-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalar boʻyicha bitimlar imzolandi. 

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlari oʻrnatildi

Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston rahbarlari mamlakatlar oʻrtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlari oʻrnatishga kelishdilar.

Ulan-Bator shahrida oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.

Shuningdek, Prezidentlar huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:

- oʻsimliklar karantini va himoyasi, oliy taʼlim, togʻ-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, sogʻliqni saqlash va tibbiyot fani, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar;

- ikki mamlakat arxiv idoralari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;

- Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Moʻgʻuliston Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi oʻrtasida, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2026-2027 yillarga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Moʻgʻuliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi oʻrtasida 2025-2028 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturlari;

- Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Moʻgʻuliston Oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va yengil sanoat vazirligi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha hamkorlik rejasi;

- Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan Moʻgʻuliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi oʻrtasida ekoturizm sohasidagi harakatlar rejasi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Moʻgʻulistonda tantanali kutib olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid