platina.uz
Intervyu

Eksklyuziv: Rossiya nega Eronga yordam bermadi?

Eronning Oʻzbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Husayn Parvaresh mintaqadagi vaziyat boʻyicha Platina.uz savoliga javob berdi.

13 iyun kuni Isroilning Eronga qarshi raketa zarbalari bera boshlagani ortidan Yaqin Sharq mintaqasida yangi quroli mojaro oʻchogʻi paydo boʻldi. Turli fikrlar, turlicha qarashlar talqin etilmoqda. Bunday vaziyatda asl holatga oydinlik kiritish va Eron pozitsiyasini ochiqlash maqsadida Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida mahalliy OAV vakillari uchun matbuot anjumani oʻtkazildi.

Anjumanda Eronning Oʻzbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Husayn Parvaresh rasmiy munosabat va qarashlarini bayon qildi. Unda Platina.uz muxbiri ham ishtirok etdi.

Eron muvaqqat ishlar vakili Husayn Parvaresh avvalo Oʻzbekiston hukumati va Tashqi ishlar vazirligi mavjud vaziyat yuzasidan xolis bayonotlar bergani va oʻz qatʼiy pozitsiyasini bildirganidan minnatdorlik izhor qildi.

Janob Parvareshning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, Isroil sionistik rejimi 2025 yil 13 iyun, juma kuni Eron olimlari va qoʻmondonlarini davlat terrorizmi vositasida oʻldirish orqali oʻzining mustaqil bir davlatga qarshi soʻnggi tajovuzlar seriyasini boshladi. Bu urush muzokaralar boʻlib oʻtayotgan bir chogʻda Eronga zoʻrlab tiqishtirilgan urush boʻldi.

Janob Parvareshning taʼbiricha, Isroilning hujumi BMT va xalqaro institutlarning zaifligi oʻzining avj nutqasiga chiqqan bir sharoitda BMT Nizomining 2-moddasi 4-bandiga xilof ravishda kuch ishlatish uchun qoʻli 50 000 nafar atrofidagi falastinlik va livanlik bolalar, ayollar va qariyalar qoniga belangan bir harbiy jinoyatchiga topshirildi.

Yuqoridagi videoda Parvareshning Eron nomidan bergan munosabati va pozitsiyalari, AQSh va Isroil haqida oʻz fikrlari haqida soʻz boradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid