platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida kadastr muhandisi qoʻlga olindi

U fuqaro tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallangan yerga guvohnoma olib berish evaziga 1200 dollar soʻragan. 

Toshkent viloyatida kadastr muhandisi qoʻlga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qoʻlga olindi.

Davlat kadastrlar palatasining Oqqoʻrgʻon tuman filiali kadastr muhandisi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, pora olgan. U mahalliy fuqaro tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan 9 sotix yer maydoniga Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan
yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonuni doirasida egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 1200 AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda kadastr muhandisi soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval Fargʻonada sud varaqasi boʻyicha ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSh dollari soʻragan MIB mansabdori ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid