platina.uz
Siyosat

Bekzot Mavlonov Prezident yordamchisi etib tayinlandi

Aziz Magrupov esa davlat rahbarining tashqi investitsiyalar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Bekzot Mavlonov Prezident yordamchisi etib tayinlandi

Prezidentning tegishli farmonlari bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

– Bekzot Mardonovich Mavlonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

– Aziz Yuldashevich Magrupov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi qayta tiklangani xabar berilgandi. Ushbu lavozimni prezident yordamchisi lavozimida ishlab kelgan Saida Mirziyoyeva egalladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid