Attestatsiyadan oʻtkazish vaʼdasi bilan oʻqituvchilardan pul olgan shaxs qoʻlga tushdi
U 25 ming AQSh dollari hamda 30 million soʻm olayotgan vaqtida ushlangan.

Oʻqituvchilarni malaka attestatsiyasidan oʻtkazish evaziga pul undirgan shaxs ushlandi.
Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi I.A. 50 nafar jizzaxlik pedagoglarni davlat test markazidagi tanishlari orqali malaka attestatsiyasidan oʻtkazishni vaʼda qilib, muallimlardan pul talab qilgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar berdi.
Gumonlanuvchi Sharof Rashidov tumanidagi maktablardan birining oʻqituvchisi G.U. dan 25 ming AQSh dollari hamda 30 million soʻm olgan vaqti Jizzax viloyati huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlandi.
Holat yuzasidan surishtiruv oʻtkazilmoqda.
Avval Toshkent viloyatida kadastr muhandisi ushlangandi.