platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda mahalliy ommabop avtomobillar arzonlab bormoqda

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi ham tushdi. Masalan "Malibu"ning kam foydalanilgani 750 dollargacha (31 250 dollardan 30 500 dollargacha)  arzonlagan. 

Oʻzbekistonda mahalliy ommabop avtomobillar arzonlab bormoqda

Oʻzbekistonda ommabop mahalliy avtomobillar va ayrim lyuks avtomobillar narxi tushib bormoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning may oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining oʻzgarishi tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi. Joriy yilning may oyida mahalliy ommabop avtomobillarning oʻrtacha narxi aprel oyidagiga nisbatan quyidagicha arzonlashdi:

- "Onix": koʻp foydalanilgani $800 ga ($13 800 dan $13 000 ga), oʻrtacha foydalanilgani $220 ga ($13 700 dan $13 480 ga);

- "Lacetti": kam foydalanilgani $100 ga ($14 800 dan $14 600 ga); koʻp foydalanilgani $100 ga ($13 000 dan $12 900 ga), oʻrtacha foydalanilgani $75 ga ($14 075 dan $14 000 ga);

-"Cobalt": kam foydalanilgani $144 ga ($12 700 dan $12 556 ga);

- “Nexia”: oʻrtacha foydalanilgani $100 ga ($11 000 dan $10 900 ga);

- "Spark": koʻp foydalanilgani $100 ga ($8 900 dan $8 800 ga);

- "Damas": koʻp foydalanilgani $200 ga ($7 200 dan $7 000 ga), oʻrtacha foydalanilgani $200 ga ($7 800 dan $7 600 ga), kam foydalanilgani $50 ga ($8 050 dan $8 000 ga).

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi. Mahalliy lyuks avtomobillar narxi esa quyidagicha oʻzgardi:

- "Equinox": kam foydalanilgani $1 166 ga ($34 666 dan $33 500 ga);

- "Malibu": kam foydalanilgani $750 ga ($31 250 dan $30 500ga); oʻrtacha foydalanilgani $1450 ga ($29 950 dan $28 500 ga);

- "Tracker": oʻrtacha foydalanilgani $300 ga ($17 300 dan $17 000 ga), kam foydalanilgani $175 ga ($18 600 dan $18 425 ga) arzonlashgan.

Shuningdek, "Equinox"ning oʻrtacha foydalanilgani aprel oyidagiga nisbatan $700 ga ($29 800 dan $30 500 ga), koʻp foydalanilgani $200 ga ($26 000 dan $26 200 ga) qimmatroq taklif etilgan boʻlsa, koʻp foydalanilgan "Tracker" ($16 000) narxida oʻzgarish kuzatilmadi.

Elektromobillar narxi. Mazkur davrda oʻrtacha foydalanilgan BYD "Song Plus EV Champion" $150 ga ($ 26 350 dan $26 200 ga) arzonlashgan boʻlsa, boshqa elektromobillarning oʻrtacha narxi quyidagicha boʻldi:

- BYD "Han": oʻrtacha foydalanilgani $2000 ga ($32 000 dan $34 000 ga), yangisi $1 100 ga ($31 900 dan $33 000 ga);

- BYD "Song Plus EV Champion" : yangisi $1100 ga ($27 800 dan $28 900 ga);

- BYD "Yuan Up": oʻrtacha foydalanilgani $850 ga ($19 300 dan $20 150 ga), yangisi $406 ga ($20 500 dan $20 906 ga) qimmatlashdi.

Xorijiy avtomobillar narxi. Joriy yilning may oyida xorijiy avtomobillar narxi sezilarli darajada arzonlashdi:

- Kia "Carnival": koʻp foydalanilgani $3 500 ga ($36 000 dan $32 500 ga), kam foydalanilgani $2 028 ga ($47 000 dan $44 972 ga), oʻrtacha foydalanilgani $1 000 ga ($46 000 dan $45 000 ga);

- Kia "Sorento": koʻp foydalanilgani $2 100 ga ($35 250 dan $33 150 ga), oʻrtacha foydalanilgani $1 700 ga ($38 000 dan $36 300 ga);

- Kia "K5": kam foydalanilgani $2 777 ga ($32 000 dan $29 223 ga), koʻp foydalanilgani $350 ga ($25 300 dan $24 950 ga), oʻrtacha foydalanilgani $150 ga ($27 150 dan $27 000 ga);

- Kia "Sportage": koʻp foydalanilgani $2 250 ga ($28 500 dan $26 250 ga), oʻrtacha foydalanilgani $200 ga ($30 000 dan $29 800 ga);

-Hyundai "Elantra": koʻp foydalanilgani $1 000 ga ($21 000 dan $20 000 ga), oʻrtacha foydalanilgani $301 ga ($21 201 dan $ 20 900 ga);

- Kia "Seltos": koʻp foydalanilgani $1 000 ga ($23 000 dan $22 000 ga), oʻrtacha foydalanilgani $409 ga ($24 850 dan $24 441 ga) azronlashdi.

Shuningdek, kam foydalanilgan "Elantra" va "Sorento" mos ravishda $116 ($24 112 dan $24 228 ga) va $1 250 ga ($43 250 dan $44 500 ga) qimmatlashdi.

Avtomobillar boʻyicha avvalroq taqdim etilgan maʼlumotlarda ham narxlar arzonlagani qayd etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid