platina.uz
Jahon

Eron AQSh aralashuvidan keyin Isroilga zarbalar berdi

Tel-Aviv va Hayfa shaharlariga raketa kelib tushgani videotasvirlari paydo boʻldi. 

Eron AQSh aralashuvidan keyin Isroilga zarbalar berdi

Isroil AQshning urushga aralashuvidan keyin Erondan raketa uchirilganini xabar qildi.

Mamlakatning bir qismida ogohlantirishlar yangradi. Tel-Aviv va Hayfa shaharlariga raketa kelib tushgani videotasvirlari paydo boʻldi.

Shuningdek, Eron atom energiyasi tashkiloti AQShning mamlakat yadroviy inshootlariga hujumi ortidan bayonot berdi.

“Amerika Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik doimiy nazoratida boʻlgan yuqorida qayd etilgan obʼektlarga qilingan hujum uchun masʼuliyatni kibermakon orqali oʻz zimmasiga oldi”, — deyiladi bayonotda.

Bayonotda tashkilot xalqaro hamjamiyat AQShning harakatlarini qoralab, Eronni qoʻllab-quvvatlashiga umid bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSh Eronning uch inshootiga zarbalar berdi. Prezident Tramp "Eronni tinchlikka rozi boʻlishga" chaqirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid