AQSh Eronning 3 ta yadro inshootiga bomba tashladi
Ogʻirligi 13 tonnadan ortiq ushbu bombalar "bunker buzuvchi" nomi bilan ataladi va AQSh tarixida ilk bor qoʻllanildi.

Bugun erta tongda AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi uchta yadro inshooti AQSh havo kuchlari tomonidan bombalanganini eʼlon qildi.
Togʻ ostidagi Fordo, Natans va Isfahondagi yadro maskanlariga 13 tonnalik ulkan bomba tashlangan. Bu bomba AQSh tarixida ilk bor qoʻllanilgan.

Tramp Pentagonda matbuot anjumani tashkil etib, shu bilan ish bitganini, endi tinchlik oʻrnatish vaqti kelganini bildirgan. Hozircha Eronning bu hujumga qanday javob qaytarishi nomaʼlum.
"Eronning Amerika qoʻshma shtatlariga qarshi har qanday harakatiga bugungidan-da kuchliroq zarbalar bilan javob beramiz. Rahmat", degan Tramp matbuot anjumanida.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish AQShning bu harakatini keskin qoralab, global tinchlikka tahdid deb atagan. Isroil tomoni esa Eronning bu hujumga qarshi javobi qanday boʻlishiga qarab ish tutishini bildirgan.